
Lopetegi boshqaruvidagi "Real" antirekordni takrorladi
Xulen Lopetegi boshqaruvidagi "Real" so‘nggi to‘rt o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘ldi va ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmayapti.
"Qirollik klubi"ning ketma-ket to‘rt o‘yinda gol kirita olmagan holat tarixda ikki marta kuzatilgan edi - 1982 va 1985 yillarda.
Eslatib o‘tamiz, "Real" "Sevilya"ga 0:3, TsSKAga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan va "Atletiko" bilan nursiz durang qayd etgan edi.
Fikrlar