
Lopetegi o‘zining iste’foga chiqishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Levante”ga qarshi bahs oldidan o‘zining iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Men mutlaqo xotirjamman va butun hayolim ishimda. Chunki, klub rahbariyati tomonidan bildirilayotgan ishonchni his qilyapman. Men tanlagan yo‘limga va jamoamga to‘liq ishonaman. Mavsum endigina boshlandi va tez orada kuchayamiz. Buning uchun shunchaki ortdan gapirilayotgan gaplarga e’tibor bermaslik kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, qatorasiga 4ta o‘yindan buyon gol ura olmayotgan “Real” ayni damda musobaqa jadvalida 5-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar