
Lui van Gal: JCh-2018da ochiq futbol ko‘rmaymiz
Gollandiyalik mashhur mutaxassis Lui van Gal sanoqli kunlardan so‘ng boshlanadigan JCh-2018 haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“JCh-2018da ochiq futbol ko‘rishimiz mumkinmi? Men bunday o‘ylamayman. Menimcha aksariyat murabbiylar bu musobaqada zonali himoya taktikasidan foydalanishadi. Oddiy so‘z bilan aytganda jamoalar avtobus uslubida himoyalanishadi.
Bunday futbolni ko‘rish hammaga ham yoqmasligi tabiiy. Chunki, eng kuchli jamoalar uchun ham bundan himoyani yorib o‘tish juda qiyin bo‘ladi", - deydi van Gal.
Fikrlar