
Lushchan: Baxtimizga raqiblarimizning zarbalari darvoza ustuniga tegdi
O‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarimning o‘yinidan qoniqdim. Afsuski ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Bahs davomida ko‘plab vaziyatlarni yaratib atigi bitta gol kiritdik. Bunday uchrashuvlarda mahorat o‘z so‘zini aytadi. Raqiblarda ham gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Baxtimizga ularning zarbalari darvoza ustuniga tegdi. Yakunda g‘alaba qozondik va bundan xursandmiz. Yaratilayotgan qulay vaziyatlarni golga aylantirish ustida mashg‘ulotlar davomida ko‘proq ishlaymiz", -deydi Sergey Ivanovich.
Fikrlar