MYu Sulsher uchun "Molde"ga qancha tovon puli to‘ladi?
“Manchester Yunayted” o‘zining yangi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher uchun uning sobiq jamoasi “Molde”ga qancha pul bergani ma’lum bo‘ldi.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar 45 yoshli mutaxassis bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolash uchun norvegiyaliklarga 500 ming funtdan kamroq mablag‘ to‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu Sulsher uchun “Molde”ga 1,8 mln evro to‘lagani, agar u keyingi mavsumda ham “Old Trafford”da qolsa buning uchun 7,2 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar