
MYu "Yuventus" himoyachisi xarid qilish fikridan qaytmayotir
“Yuventus” klubi himoyachisi Aleks Sandro xizmatlariga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Italiya OAV.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, MYu chap qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirgan va himoyachi uchun 45 million funt berishga tayyor.
Ingliz klubi bu borada “Yuventus”ning narxni tushishiriga umid qilmoqda. Avvalroq ham “Manchester Yunayted” unga qiziqish bildirgan. Uning shartnomasi ikki yildan so‘ng yakuniga etadi. Kelasi yili bu futbolchini turinliklar qimmatroqqa sota olmasliklari mumkin.
27 yoshli braziliyalik futbolchi bu mavsum “Yuventus” safida bitta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar