
MYu ning 50 millionlik futbolchisiga nimalar bo‘lmoqda?
U eng qaynoq transferlardan biri bo‘lgandi. «Shaxtyor» bilan Chempionlar Ligasida ancha katta tajriba orttirgan markaziy yarim himoyachi elita klub tanlashda juda qiynaldi. Ayniqsa unga Manchesterning naq ikki klubi jiddiy raqobatchilik qildi.
Aleksis Sanches bilan bo‘lgani singari, bu kurashda yana «Manchester Yunayted» g‘olib chiqdi. Sanches bilan bo‘lgani kabi «Manchester Siti» «Old Trafford»da samarasiz o‘yin ko‘rsatayotgani navbatdagi futbolchidan qutulgan bo‘lib chiqdi.
Xo‘sh, Fredning Angliyaga «sarguzashti» qaerda xato ketdi? Braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» safidagi faoliyatida tub burilish yasay oladimi?
Ochig‘ini aytganda, Fredga o‘zini ko‘rsatishi uchun ko‘plab imkoniyatlar berilayotgani ham yo‘q.
Talabchan murabbiy – Joze Mourino 25 yoshli futbolchiga Premer Liganing olti uchrashuvida o‘yinning boshidanoq o‘ynashiga imkon yaratdi. O‘z nomini Chempionlar Ligasida tanitgan Fred bu musobaqada kuchsiz raqib «Yang Boys»ga qarshi 69 daqiqalik o‘yin amaliyotiga ega.
Braziliyalik futbolchining o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani Mourinoning o‘zini ham hayratda qoldirayotgani turgan gap. Axir uni jamoaga olib kelish uchun naq 52 million funt sarflandi. U jamoaga endigina kelib qo‘shilganida «Old Trafford»da yarim himoyachilar bilan bog‘liq muammolar bartaraf qilingani haqida bong urilgandi.
«Nemanya Matich, Maruan Fellayni, Pol Pogba va Ander Erreralar jismonan kuchli futbolchilar. O‘ylashimizcha texnikasi yuqori, qisqa masofalarga sifatli pas uzata oladigan Fred kabi futbolchining tarkibda bo‘lishi hujumkor futbolchilar bilan o‘rtadagi bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi» – degandi «o‘zgacha» iyul oyida bergan intervyusida.
Boshida MYu ning Fred haqidagi tasavvurlari ijobiy edi. Braziliyalik iqtidor egasi mavsumoldi yig‘inda yulduz rolini bajarib berdi. Xalqaro Chempionlar Kubogida «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba Fred nafaqat to‘p bilan muomala qilishni, balki so‘nggi hal qiluvchi pasni uzata olish qobiliyati ham mukammal ekanligini ko‘z-ko‘z qildi.
Ammo uning keyingi sport formasi ishonchni oqlamadi. Mourino esa katta uchrashuvlarda Pogba, Matich va Errera – yarim himoya uchligini tushirishni ma’qul topdi. Fredning jahlini chiqargan holda, murabbiy Pogba «shaharliklar»ga qarshi derbida ishtirok eta olmagan o‘yinda uning o‘rniga Fellaynini maydonga tushdi.
Fred aksincha o‘yin taqdiri hal qilib bo‘linganidan keyin keraksiz zaxira futbolchisi sifatida vaqtini o‘tkazishni boshladi. Chempionlik poygasidan chiqib ketgan jamoasi uchun Chempionlar Ligasi yagona umid bo‘lib qolmoqda.
Albatta Mourinoning transferlari omadsizligi masalasi faqatgina Fred emas. Undan avval chililik hujumchi – Aleksis Sanches ham «Old Trafford»ga kelib qo‘shilganidan beri o‘z o‘yinini topa olmay kelmoqda. «Barsa»ning sobiq futbolchisi undan avval Mourinoning ishonchini qozona olmagan Genrix Mxitaryan o‘rniga olib kelingandi.
Viktor Lindelyof ham boshqa bir namuna hisoblanadi. Shvetsiyalik himoyachi Evropaning eng yosh iqtidor vakili deb hisoblanardi. U bu mavsumda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lguniga qadar juda kam hollarda asosiy tarkibda ko‘rinish berib kelardi.
Fred ham Lindelyof kabi o‘z vaqtini kutishi kerakmi? Fred hamon bosh murabbiyga to‘liq ishonch bildirmoqda.
«Mourino top murabbiy, professional va har bir futbolchi unday tug‘ma g‘olib murabbiy bilan ishlashni istaydi. Undan ko‘p narsalarni o‘rganyapman. U biroz qattiqqo‘l bo‘lishi mumkin, ammo bu ishining bir qismi.» – dedi Fred Four Four Two nashriga bergan intervyusida.
«U maydondan tashqarida do‘st va hazilkash. Kiyinish xonasida u biz bilan xazillashib turadi. Joze MYuga o‘tish qarorimda muhim bo‘lgan. Futbolimga bo‘lgan qiziqishi uchun undan minnatdorman.»
Aniq aytish mumkinki, kelajakda unga etarlicha o‘yin amaliyoti beriladi. Mourino unga to‘psiz harakatlanish bo‘yicha ko‘proq ishlashi kerakligini aytdi.
Fred «Old Trafford»da haligacha o‘zini ko‘rsat olmagan bo‘lsada, uning ilk oylari tushkunlikka tushirib qo‘ymasligi shart. 52 million funtlik yarim himoyachi uchun ham Lindelyof bilan bo‘lgani kabi «Old Trafford» eshiklari keng ochiladi.
Fikrlar