MYu rahbariyati Mourino ketgach Marsyal hamda de Xeaning fikri o‘zgarganiga umid qilmoqda
"Manchester Yunayted" rahabariyati darvozabon David de Xea hamda hujumchi Antoni Marsyal bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni yana boshlab yubordi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qizil iblislar” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoning iste’fosidan so‘ng ushbu futbolchilarning kelishuvni uzaytirish borasidagi fikrlari o‘zgarganiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik darvozabon va frantsiyalik hujumchining MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi. Ammo, mankuanliklar o‘rtadagi kelishuv shartiga ko‘ra ular bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish huquqidan foydalanishdi.

Fikrlar