Makelele Pogbani jiddiy tanqid qildi
Frantsiyalik sobiq futbol yulduzi Klod Makelele “Manchester Yunayted”da to‘p surayotgan hamyurti Pol Pogba haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tish lozimki Pogba APLning o‘tgan 20-turid “Bornmut”ga (4:1) qarshi o‘yinda gol urgach, uni maydonda raqs tushib nishonlagan edi.
“Masalan Terri Anri juda ko‘p gol urardi, ammo hech qachon quvonmasdi. Men undan nega bundayligini so‘raganimda quyidagicha javob bergan: “Men shunaqa nishonlayman. Bilaman, odamlarga bu yoqmaydi. Lekin men shunaqaman. Men buni o‘zgartira olmayman”.
Pogbaning raqsidan esa qattiq jahlim chiqdi, chunki bu boshqa futbolchilarga nisbatan to‘liq hurmatsizlik”, - deydi Makelele.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum MYu safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar