Makgregorga qarshi jangdan so‘ng Meyvezer faoliyatini yakunlaydi

  • 19.08.2017 14:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer engli vaznda UFC chempioni Konor Makgregor bilan bo‘ladigan jangdan so‘ng faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Bu mening so‘nggi jangim bo‘ladi, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi The Sun nashri. – Men jamoam va bolalarimga  Makgregor bilan bo‘ladigan jangdan so‘ng boshqa ringga chiqmaslilkka so‘z berdim. Men bu va’dani bajaraman, uni buzmayman. Ishlarim ko‘p, bolalar kollejga boradi va bu ko‘p vaqt talab qiladi, chunki oilada tarbiya muhim ahamiyatga ega.

Men 5-10 yil oldingi Floyd Meyvezer emasman. Undan tashqari yoshim ham 21da emas. Endi menga ring xavfli bo‘lib qoldi. Ringga chiqsam faqatgina tajribam menga yordam beradi. Sababi faoliyatim davomida juda ko‘p professional janglar o‘tkazganman.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer professional ringda 49 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Shulardan 26 tasida nokaut qayd etgan.

Boks qoidalariga ko‘ra, Makgregor bilan bo‘ladigan jang 26 avgust kuni Las-Vegasda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!