Mamlakatimizda sport tibbiyoti yanada rivojlantiriladi

  • 7 noyabr, 2018, 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

8-9 noyabr kunlari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan, Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasida “Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu anjumanda nafaqat mamlakatimizda shu sohada faoliyat yuritayotgan shifokorlar, shuningdek, Yaponiya, Turkiya, Rossiya hamda MDH davlatlari sport tibbiyoti mutaxassislari ham ishtirok etadi.

Ta’kidlash kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, u orqali sportchilarimizning Osiyo va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash, jumladan, sport tibbiyotining ilg‘or yutuqlarini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sport tibbiyotidagi yutuq va muammolar, musobaqalar jarayonida sportchilarning jarohat olmasligini ta’minlashda tibbiyot xodimlari rolini oshirish, bo‘g‘imlar shikastlanishini oldini olish, davolash va tibbiy tiklash muammolari, sport tibbiyotida realibitatsiya va fizioterapiyaning o‘rni kabi mavzularga e’tibor qaratiladi.

Konferentsiyada turli mavzularda etakchi sport tibbiyoti shifokorlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qiladilar. Konferentsiyaning birinchi kuni 8 noyabr Toshkentda o‘tkazilsa, 9 noyabrda Samarqand shahrida davom ettiriladi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistonda ilk marotaba bunday miqyosida tashkil etilayotgan ushbu konferentsiya mamlakatimizda sport tibbiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!