"Manchester Siti" Mendini transferga qo‘ymoqchi

  • 7 dekabr, 2018, 19:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" klubi rahbariyati frantsiyalik himoyachi Benjamen Mendini transferga qo‘ymoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Bunga sabab 24 yoshli futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yin darajasi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani qoniqtirmayapti. Bundan tashqari kataloniyalik mutaxassisga uning futbolga professional darajada yondashmasligini ham yoqmayapti.

Eslatib o‘tish lozimki, Mendi ayni damda tizzasidan olgan jarohatini davolatish bilan band va u kamida yana 2 oy maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Mendini 2017 yil “Monako”dan 57,5 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum “shaharliklar” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!