
"Manchester Siti" futbolchisi "Barselona"ga o‘tishni istamadi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachis Ilkay Gyundogan "Barselona"ning taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli germaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga qiziqish bildirmagan. Xabarlarga qaraganda u tez orada “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Ma’lumot uchun, Gyundogan joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar