
"Manchester Siti" futbolchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Benjamen Mendi shifoxonaga tushdi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi tizzasida og‘riq his qila boshlagan. Uning qachon safga qaytishi esa tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Mendi joriy mavsum "Manchester Siti" safida jami 5ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 5ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar