"Manchester Siti" himoyachisi Povetkin - Joshua jangini tomosha qilib, mashg‘ulotlarga kech qoldi

  • 29 sentabr, 2018, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" himoyachisi Benjamin Mendi 22 sentyabr kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tgan Aleksandr Povetkin va Entoni Joshuaning jangini tomosha qilish uchun borib, natijada o‘sha kungi mashg‘ulotlarga kech qolgani ma’lum bo‘ldi.

Goal nashri tarqatgan xabarga qaraganda frantsiyalik futbolchi "Manchester Siti" qarorgohiga belgilangan vaqtdan 3 soat kechroq kelgan. Bu holat esa jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning jahlini chiqargan. Chunki, Mendi intizomni birinchi marta buzayotgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni Joshua jangning 7-raundida Povetkinni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!