“Manchester Siti” qishda "Yuventus" etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 25 oktabr, 2018, 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandroning o‘yinlarini jiddiy kuzatuv ostiga oldi.

Tecno

90min.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” skautlari “Yunvetus”ning EChL doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazgan bahsida 27 yoshli braziliyalik futbolchining harakatlarini bevosita stadiondan turib kuzatib borishgan.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Manchester Siti” ushbu futbolchini qishki transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Aleks Sandro joriy mavsum “Yuventus” safida 12ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!