"Manchester Yunayted" Allegri bilan muzokaralarni boshladi
"Manchester Yunayted" Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mankuanliklar italiyalik mutaxassisni "Old Trafford"ga mavsum yakunlangach olib kelishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, MYu kuni kecha Joze Mourinoni o‘z lavozimidan ozod etgan edi. Endi jamoani mavsum yauniga qadar Ule-Gunnar Sulsher boshqaradigan bo‘ldi.

Fikrlar