
"Manchester Yunayted" PSJga qarshi javob bahsi oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
Xabaringiz bor, kecha "Manchestr Yunayted" Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida o‘z maydonida PSJga (0:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu kuni uchrashuvning 90-daqiqasida mankuanliklar etakchisi Pol Pogba hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. Endi frantsiyalik futbolchi 6 mart kuni Parijda bo‘ladigan muhim bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum 23ta o‘yinda ishtirok etib o‘z hisobiga 8ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar