Manchini Italiya terma jamoasining asosiy muammosi nimaligini aytdi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga (0:1) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz xatoga ko‘p yo‘l qo‘ydik, ularni kamaytirish kerak. Lekin, yigitlar bugun borini berib harakat qilishdi. Biz vaziyatlarni golga aylantirish borasida echim topishimiz kerak.
Birinchi bo‘limda biz to‘pga ko‘proq egalik qildik. Bu juda muhim, chunki biz bu o‘yinda 2ta hujumchi bilan o‘ynadik.
Futbolchilar o‘sishi kerak. Odatda yosh futbolchilar bunday katta o‘yinlarda biroz muammolarga duch kelishadi. Biz o‘z rejamiz bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik borasida o‘z ustimizda ishlashda davom etsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Lekin, eng katta muammo bu biznig gol ura olmayotganimizdir”, – deydi Manchini.
Eslatib o‘tamiz, Italiya bundan avvalgi o‘yinda o‘z maydonida Polshani (1:1) enga olmagan edi.

Fikrlar