Manchini Polsha ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 15 oktabr, 2018, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida safarda Polsha (1:0) ustidan qo‘lga kiritilgan muhim g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz o‘yinni to‘lig‘icha nazorat qildik va hisobni bundan ertaroq ochishimiz ham mumkin edi. Agar o‘yin durang bilan yakunlanganida bu adolatsizlik bo‘lardi. Biz bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ammo baribir o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz lozim. Buning uchun esa futbolda faqat ko‘proq shug‘ullanish kerak, bu erda hech qanday afsun bo‘lmaydi”, - deydi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng “A” divizionining 3-guruhida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular keyingi uchrashuvni 17 noyabr kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!