
Manening diskvalifikatsiyasi qisqartirilmaydigan bo‘ldi
Angliya futbol assotsiatsiyasi "Liverpul" klubi hujumchisi Sadio Manening 3ta o‘yinlik diskvalifikatsiya muddatini o‘z kuchida qoldirdi.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha mersisaydliklar futbolchining qizil kartochkasi borasida tortishmoqchi emas, balki ular shunchaki Manening diskvalifikatsiyasini hech bo‘lmasa 2ta o‘yinga qisqartirishni so‘rashgan edi. Biroq, ular yakunda bu borada rad javobini olishdi.
Shunday qilib, Mane APLning "Byornli" va "Lester"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. U bundan tashqari Angliya liga kubogi doirasida "Lester"ga qarshi o‘yinda ham ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar