
Manjukich: Xorvatiya futbolchilari mo‘’jiza yaratganini hali tushunib etmadi
Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich Angliyaga qarshi (2:1) kechgan JCh–2018 yarim final o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Manjukich ekstra taymda gol kiritib, jamoasini finalga olib chiqdi.
“Bu mo‘’jiza! Xorvatiya futbolchilari buni hali tushunib etmadi. Faqatgina katta jamoalar bu darajada mard bo‘lib, bunday turnirda yurakdan o‘ynay oladi. Nima bo‘lganini ko‘rdingizmi? Menimcha butun Xorvatiyada bayram bo‘lmoqda.
Rossiya va Daniya bilan o‘yinda katta bosimni him qilib harakat qilgandik. Endi esa biz futboldan zavq olyapmiz”, – dedi Mario Manjukich.
Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi JCh–2018 finalida Farntsiya bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv 15 iyul kuni Moskva shahrida o‘tkaziladi.
Fikrlar