Marat Bikmaev: Hujumchining vazifasi – gol urish

  • 23 oktabr, 2018, 23:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Murabbiyning gaplariga qo‘shilaman. Uch kun ichida ikkita o‘yinda qatnashish og‘ir bo‘ldi. Vazifa og‘ir edi. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qildik. Gol urdik va g‘alabaga loyiq ekanligimizni ko‘rsatdik.

Tecno

Barcha jamoalar bizga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatmoqda. Agarda raqiblarimiz hujumkor o‘yin ko‘rsatganida, ularning himoyasida kattaroq bo‘sh hududlar bo‘lardi. Shu orqali biz ham ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata olgan bo‘lardik.

Termada gol urdim. Ha, gol urish yaxshi. Hujumchi gol urishi kerak. Agarda u bir o‘yinda darvozani ishg‘ol qilsa, keyingi o‘yinda o‘ziga ishonch bilan maydonga chiqadi", - dedi Bikmaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!