Markizio APL klubiga o‘tishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yubordi.
Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Everton" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Markizio "keksa sinora" safini etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab tark etgan edi. Ayni damda u erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar