Markizio Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini Frantsiya birinchi Ligasida davom ettirishi mumkin.

Sportitalia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli futbolchiga “Nitstsa” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari Markizioning o‘zi boshqa birorta Italiya klubida to‘p surishni istamayotir. Shu sabab uning boshqa chempionatga yo‘l olishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!