Marselo yozda "Yuventus"ga o‘tmoqchi

  • 29.11.2018 22:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi yozda "Santyago Bernabeu"ni tark etib, o‘ziga jiddiy takliflar bildirayotgan "Yuventus" safiga borib qo‘shilmoqchi. Aytish lozimki, turinliklar uni o‘zining boshqa bir braziliyalik himoyachisi Aleks Sandroning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda. Chunki, Sandro ham katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach “Yuve”ni tark etadi.

Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida hozircha 12ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!