Marseloning o‘yini Lopetegiga yoqmayapti
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoani tark etishi kutilayotgan himoyachi Marseloning o‘rniga rahbariyatga 4 nafar futbolchining nomzodini tavsiya qildi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis 30 yoshli braziliyalik futbolchining joriy mavsum namoyish etayotgan o‘yinidan norozi bo‘lmoqda. Shu bois u qishda Marseloning o‘rniga Markos Alonso ("Chelsi"), Aleks Telles ("Portu"), Aleks Sandro ("Yuventus") va Xose Gayya ("Valensiya") kabi himoyachilardan birini olib kelishni rahbariyatdan so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marseloga Turinning “Yuventus” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar