
“Mash’al” ertaga “Qizilqum” bilan nazorat bahsini o‘tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasi ertaga o‘zining navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazadi.
Aleksandr Xomyakov shogirdlari yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Yig‘in davomida “Gazchilar” Pro liganing “Sherdor” va “Sho‘rtan” jamoalariga qarshi bahs olib borgan edilar.
Ertaga esa “Mash’al” Superliga vakili Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv Muborakdagi “Bahrom Vafoev” nomli uyingohda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar