"Mash’al" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

  • 11.01.2019 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Muborakning "Mash’al" klubi bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aleksandr Xomyakov shogirdlari mashg‘ulotlarni hozircha jamoa qarorgohida o‘tkazishmoqda. Mashg‘ulotlar ko‘proq jismoniy holatni tiklashga qaratilgan. Yangi mavsum oldidan ilk yig‘in bo‘lgani bois hozircha tarkibda yangi futbolchilar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, "Mash’al" yangi mavsumni ham Pro-ligada o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!