Maskerano "Barselona"dan ketishni istamayapi

CHERY AUTO

Qayd etish lozim, oldinroq kataloniyaliklar yozgi transferlar mavsumida jamoa futbolchilari Xaver Maskerano va Jeremi Matyo bilan hayrlashmoqchi ekanliklari ma’lum qilingandi.

Tecno

“Barselona” klubining argentinalik himoyachisi Xaver Maskerano yozga jamoani tark etmoqchi emas. Umtitining safga qo‘shilishi bilan u jamoadagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda. Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi 25 o‘yinda maydonga tushdi, biroq bu o‘tgan mavsumga qaraganda, 5 ta o‘yinga kam ko‘rsatkich hisoblanadi.

Futbolchi maydonda o‘tkazadigan daqiqalarining kamayishiga va boshqa klublarning katta miqdordagi maosh taklif qilishiga qaramasdan, “Barselona”da qolishga qaror qilgan.

Shuningdek, Maskerano “Barselona” safida to‘p surishi uning terma jamoa safida JCh–2018 ga yo‘l olishi uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishiga ishonmoqda. Shu bilan birgalikda, kataloniyaliklar bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!