Maurisio Pochettino: Jadvalga qarashni xohlamayman
Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLning 21-turida “Kardiff”ga (3:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“G‘alabadan judayam xursandman. Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, bizda dam olish uchun uncha ko‘p vaqt bo‘lmadi, ammo futbolchilar ajoyib o‘yin namoyish qilishdi.
“Tottenxem” ikkinchi o‘rinda? Men jadvalga qarashni xohlamayman. Biroq, shuni bilamanki biz yaxshi o‘rindamiz. Lekin, biz mavumning qolgan qismida ham diqqatli bo‘lishimiz kerak.
“Man Siti” va “Liverpul” qanday o‘yin ko‘rsatishi bilan ishim yo‘q. Biroq, ushbu uchrashuvni tomosha qilaman. Ishonamanki, ushbu bahs juda ajoyib bo‘ladi va uni tomosha qilib zavqlanamiz”, - deydi “shporlar ustozi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” – “Liverpul” o‘yini ertaga 3 yanvar bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar