Mauritsio Sarri APLdagi eng kuchli tarkibga ega jamoa qaysiligini aytdi

  • 20.10.2018 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri "Manchester Yunayted" tarkibiga baho berdi.

“Manchester Yunayted” juda kuchli jamoa. Ular tarkib bo‘yicha APLda eng zo‘ri. Shu bois ularning mavsum startida qayd etayotgan natijalaridan hayratlanyapman. Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi, ammo mavsum endigina boshlandi va ular vaziyatni to‘g‘rilab olishlari mumkin”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!