
Mauritsio Sarri: Azarning mavsum davomida 40ta gol ura olishiga ishonaman
Londonning "Chelsi" klubi ustozi Mauritsio Sarri jamoaning belgiyalik etakchisi Eden Azar mavsum yakuniga qadar 40ta gol ura olishiga ishonmoqda.
“Eden “Chelsi” safiga 2 kun oldin qaytib keldi va dam olishga ulgurdi. Uning mavsum davomida 40ta gol ura olishiga ishonaman. Faqat buning uchun u maydon markazida kamroq kuch sarflashi va ushbu kuchni darvoza yaqinida ishlatishi kerak”, - deydi italiyalik mutaxassis klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Azar kecha APLning 5-turida "Kardiff Siti" (4:1) darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar