Mbappe: Meni bu yil hammadan ham ko‘proq Azarning o‘yini hayron qoldirdi

  • 5 dekabr, 2018, 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe joriy yil o‘zi qarshi o‘ynagan eng kuchli futbolchi sifatida Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azarni e’tirof etdi.

Tecno

“Bu yil shaxsan o‘zim maydonda qarshi o‘ynagan futbolchilarim orasida Eden Azar menda ko‘proq taassurot qoldirdi. Jahon chempionati yarim finalida u bizga qarshi juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Eden o‘yinni va jamoadoshlarini hurmat qiladi. To‘p oshirish kerak bo‘lsa, u hech qanday muammosiz buni amalga oshiradi.

To‘p uning oyog‘iga kelib tushgan zahoti boshini baland ko‘tarib maydonni kuzatadi. Maydonda u ko‘ra olmaydigan joyning o‘zi yo‘q”, - deydi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya JCh-2018 yarim finalida aynan Frantsiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!