Mbappe Messidan so‘ng ikkinchi bo‘ldi
PSJ forvardi Kilian Mbappe kecha “Monpele”ga (5:1) qarshi Frantsiya chempionatining 17-tur qoldirilgan bahsida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 20 yoshli futbolchi uchun joriy mavsum chempionatdagi 20-gol bo‘ldi. Mbappe shu tariqa kuchli beshlik chempionatlarida “Barselona” forvardi Lionel Messidan (22) keyin 20talik dovondan oshgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Italiya A Seriyasida Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 19 golov), premer-ligada Muhammad Saloh («Liverpul», 17) va Serxio Aguero («Man Siti», 17), Bundesligada esa Luka Yovich («Ayntraxt», 14) to‘purarlik qilmoqda.

Fikrlar