Mbappening Jahon Chempioni bo‘lishi Neymarga qanday ta’sir qildi?
Braziliyalik futbolchi «Pari Sen-Jermen»da superyulduzlikka da’vogarlik qilmoqda va maydondan tashqaridagi o‘zini tutishini ham o‘zgartirishga tayyor turibdi.
Neymar 2017-yil avgustida «Barselona»ni rekord darajadagi mablag‘ – 222 million evro evaziga Parij klubiga o‘zgartirganidan keyin u yangi jamoasining so‘zsiz yulduz futbolchisiga aylanishi kutilgan edi.
Iqtidorli hujumchi «Kamp Nou»da Lionel Messining soyasida qolib ketavergach u o‘zidan ham shubhalana boshladi va «PSJ»da etakchiga aylanish imkoniyatini ko‘rdi.
Oradan mana 12 oy o‘tgach u endi boshqa bir futbolchi – jamoadoshi, yosh iste’dod egasi Kilian Mbappening soyasida qolib ketish xavfi ostida qolgan.
Mbappe 2018-yilgi Mundialda Frantsiya termasining zafar quchishida muhim vazifani bajardi. «Bondilik bolaka» ko‘rsatgan o‘yinlari tufayli Parijning suyuklisidan biriga aylandi. Uning yaqinda «Lion»ga urgan pokeri uni dunyoning eng yaxshi hujumchilari qatoriga kirishiga mustahakam zamin yaratdi.
Neymar klubdagi maqomini osonlikcha berib qo‘yish niyatida emas. Shunga qaramay u Mbappedan oldinda tilga olinishi uchun maydondan tashqaridagi xulqini ham tuzatib olishi kerak.
26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Dani Alveshning kelishi bilan o‘zini ancha erkinroq his qila boshladi. Ammo uning nomi parda ortida qolib ketmoqda.
Ammo bu holat so‘nggi oylarda o‘zgarmoqda, Neymar «Manchester Yunayted» etakchisi Pol Pogbani Frantsiya poytaxtiga kelishni tavsiya qildi. Bu bilan u «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfiga Chempionlar Ligasini yuta oladigan jamoa tuzishda yordam berishga intilmoqda.
Biroq ko‘pchilik o‘zgargan Neymarni nafaqat majlislar zalidagi tashabbuskorligida, balki OAV dagi chiqishlarida ham o‘zini tuzatib olishini istaydi.
U «PSJ»ga kelib qo‘shilganidan beri OAV ga chiqishni unchalik xushlamay kelmoqda. «Barselona»dan kelib qo‘shilganidan beri u barcha jurnalistlarning nishoniga aylangani ham bor gap. Ammo u 2017-18-yilgi mavsum davomida faqatgina bir marta yirik matbuot anjumani o‘tkazdi va u ham to‘liq tartibda o‘tmadi.
«Santos»ning sobiq tarbiyalanuvchisi Toma Tuxel bilan Chempionlar Ligasi doirasida «Tsrvena Zvezda» ustidan qozonilgan 6-1 hisobidan bellashuvdan oldin matbuot anjumanida ko‘rinish bergandi. U bu muloqoti chog‘ida murabbiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar, maydondagi roli va klubning yangi mavsumda oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr yuritdi.
Qo‘shimchasiga, Neymar muntazam ravishda o‘yinlardan keyin maydoncha yonida muxbirlar bilan muloqotga kirishgan va bu borada ishlar yaxshi tomonga o‘zgarganini e’tirof etmasdan iloj yo‘q.
Neymar «Park de Prens» ichida va tashqarisida klubning asosiy futbolchisi bo‘lishga urinmoqda va bu holat Al-Xelayfi va klub boshqaruvidagilar uchun ijobiy o‘garish, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hujumchi «Real Madrid»da o‘ynashdan ko‘ra ayni vaqtdagi jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir paytda «PSJ»ni tashlab ketishni niyat qilmaganini ham tilga oldi.
«Santyago Bernabeu»ga ko‘chib o‘tish hayolining bir burchagida qolayotgandir, ammo ayni damda Neymar Mbappega o‘zining yulduzlik maqomini topshirib qo‘ymaslik harakatida yonib turibdi.
Fikrlar