Merganlarimiz Hindistonda Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurashishadi

  • 29 yanvar, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Shu yilning 20-28 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tak’kidlash kerakki bu musobaqa Tokio olimpiadasiga litsenziya beradi.

Tecno

Musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sportchilarimiz kecha poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlashdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligiga qarashli sport majmuasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda 6 nafar sportchi qatnashmoqda. Yig‘in 19 fevralga qadar davom etadi. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yakunlangach sportchilarimiz Hindistonga yo‘l oladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!