
Merganlarimiz “Oltin mergan” xalqaro turnirida yurtimiz sharafini himoya qilishadi
O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining 2018 yilgi musobaqalari taqvimiga kiruvchi turnir xalqaro talablar asosida, yangi, zamonaviy baholash mexanizmlaridan foydanilgan holda tashkil etilmoqda. Natijada fevral, mart oylarida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi va chempionatida yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qiladigan eng sara merganlarimiz saralab olindi.
“Oltin mergan” xalqaro turnirida yurtimiz sharafini ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempionati, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Vadim Skorovarov, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, qator xalqaro turnirlar g‘olibasi, 2017 yil Baku (Ozorbayjon) shahrida o‘tkazilgan IV Islom birdamlik o‘yinlarida – 3 o‘rinni egallagan Sakina Mamedova, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni va xalqaro turnirlar g‘oliblari Elena Kuznetsova, Alina Tarasova, Saidxon Sayfuddinov, Roman Goloshapov, Artem Chernyshevlar, bundan tashqari, umidli yoshlarimiz Olima Komilova, Zaynab Pardaboevalar ham himoya qilishadi.
– 2018 yil boshidan yillik taqvimga kiritilgan musobaqalarning yanada qizg‘in va murosasiz o‘tishiga sabab natijalariga ko‘ra, eng kuchli uchlikka kirgan sportchilarni terma jamoaga saralab olinishi bo‘ldi. Ular oldingi yillarda terma jamoa tarkibida bo‘lganmi yoki ilk bora O‘zbekiston chempionatida ishtirok etib g‘olib bo‘ldimi, buning farqi yo‘q. Ayni paytda optimal formadami, u xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishga munosib. Biz aynan shu mezonga asoslanib terma jamoani shakllantirdik. O‘zbekiston milliy olimpiya qumitasining ham talabi aynan shunday bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi bosh kotibi J.Atabullaev.
Bugun start olgan xalqaro turnir 9 aprelga qadar davom etadi.
Fikrlar