Merganlarimiz jahon kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda

CHERY AUTO

Germaniyaning Myunxen shahrida o‘q otish sport turi bo‘yicha davom etayotgan jahon kubogi seriyasining to‘rtinchi bosqichida dunyoning 84  ta mamlakatidan 817 nafar sportchilar ishtirok etishmoqda.

Birinchi kun o‘tgan saralash bahslarida 180 nafar sara merganlar ikkita guruhda g‘oliblik uchun kurashga kirishdi. Hamyurtimiz Sakina Mamedova 620,8 natijani qayd etib 18-o‘rinni egalladi.

26 may kuni yana bir sportchimiz Vadim Skorovarov ham pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha saralashda ishtirokini boshlasa, Sakina Mamedova kichik kalibrli miltiqda 50 metr masofadagi (uch xil vaziyatda tik, tizzalab turgan va yotgan holda) nioshga o‘q otish bo‘yicha bahslarda imkoniyatini sinab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!