Merganlarimiz juftlikda covrindorlar qatoridan joy olishdi

Xabaringiz bor, Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan “Oltin mergan” xalqaro turnirining aralash juftlik musobaqalarida hamyurtlarimiz yana shohsupaga ko‘tarilishdi.

Terma jamoamiz murabbiylari xalqaro turnir doirasida aralash juftliklar o‘rtasidagi bahslarda etakchi sportchilarimiz Sakina Mamedova hamda Vadim Skorovarovning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz eng yaxshi natijalardan birinchi qayd etib, uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida musobaqalarda Ilya Fedin oltin, Roman Goloshapov kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!