
Messi PSVga qarshi o‘yinda faoliyatidagi xet-triklar sonini 48 taga etkazib oldi
Xabaringiz bor "Barselona" forvardi Lionel Messi kecha PSVga (4:0) qarshi bahsda raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol etdi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli argentinalik futbolchining faoliyatidagi 48-xet-trik bo‘ldi. Messi ushbu xet-triklarning 42tasini kataloniyaliklar safida qayd etgan bo‘lsa, qolgan 6 tasini Argentina terma jamoasi safida o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar