Messi politsiyadan Salani qidirish ishlarini to‘xtatmaslikni so‘radi
Kataloniyaning "Barsleona" klubi forvardi Lionel Messi politsiyadan samolyotda sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan "Kardiff" hujumchisi Emiliano Salani qidirish ishlarini to‘xtatmaslikni so‘radi.
“Hozircha umid uchqunlari bor ekan, politsiyadan qidiruv ishlarini to‘xtatmaslikni so‘raymiz. Futbolchining oila a’zolari va yaqinlariga o‘z qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, kecha politsiya Salani qidirish ishlarini to‘xtatgani haqida e’lon qilgan edi.



Fikrlar