
Mesut O‘zilning otasi unga terma jamoadan ketishni maslahat bermoqda
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zilning otasi Mustafa O‘zil o‘g‘lining sha’niga bildirilayotgan tanqidlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Mesut haqoratlardan ranjidi va umidsizlikka tushdi. U 9 yil terma jamoa sharafini himoya qildi va ushbu mamlakat terma jamoasi uchun borini berdi. Endi esa uni keraksizga chiqarishyapti. O‘g‘limning o‘rnida bo‘lganimda men terma jamoadagi faoliyatimni yakunlagan bo‘lardim”, - deydi mashhur futbolchining otasi.
Fikrlar