
“Metallurg” Olmaliqda qachon g‘alaba qozonadi?
Bekobod klubi matbuot xizmati mazkur o‘yin prevyusini taqdim etdi.
Mazkur jamoalar bugungacha 21 ta uchrashuv o‘tkazishgan bo‘lishsa, shulardan faqat bittasida durang natija qayd etilganligi yuqorida aytgan fikrimizning isbotidir. 11 ta o‘yinda olmaliqliklarning, 9 ta o‘yinda esa bekobodliklarning qo‘li baland kelgan.
Darvozalarga jami 81 ta to‘p kiritilgan bo‘lsa, shulardan 42 tasi Olmaliq shahri jamoasi hisobiga to‘g‘ri kelsa, “Metallurg” raqib darvozasini 39 marta ishg‘ol etgan.
Bo‘lajak uchrashuv mezbonlari bekobodliklarni bir marta 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan. Bekobodliklarning yirik g‘alabasi ikki to‘p farqini tashkil etadi – 4:2.
Bu jamoalarning raqobatida AGMK bu yil an’anani buzdi va Bekoboddagi birinchi yutug‘ini rasmiylashtirdi. “Metallurg” Olmaliqda qachon g‘alaba qozonadi?
AGMK va “Metallurg”ning Olmaliqda kechgan barcha uchrashuvlari:
29.03.2008 AGMK – “Metallurg” – 1:0
07.03.2009 AGMK – “Metallurg” – 2:1
25.09.2010 AGMK – “Metallurg” – 3:2
12.05.2011 AGMK – “Metallurg” – 4:1
20.05.2012 AGMK – “Metallurg” – 3:2
25.08.2013 AGMK – “Metallurg” – 2:1
16.03.2014 AGMK – “Metallurg” – 3:2
30.05.2015 AGMK – “Metallurg” – 2:1
09.04.2016 AGMK – “Metallurg” – 2:0
18.05.2017 AGMK – “Metallurg” – 1:0
Fikrlar