"Metallurg” Qibrayda kuniga 2 mahaldan mashg‘ulot o‘tkazmoqda
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda murabbiylar jismoniy yuklamalarni oshirishyapti va futbolchilar har kuni ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Kunning birinchi yarmida chigalyozdi mashqlaridan keyin ko‘proq to‘p bilan ishlanayotgan bo‘lsa, kechki mashg‘ulot yugurish, oyoq mushaklariga kuch beruvchi mashqlar va kayfiyatni ko‘taruvchi turli o‘yinlardan iborat bo‘layapti.
Keyingi haftadan e’tiboran nazorat uchrashuvlarida maydonga tushish ham rejalashtirilgan.

Fikrlar