"Metallurg" Ukraina va Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

  • 19 dekabr, 2018, 11:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aksariyat jamoalar Yangi yil bayramidan oldin ham o‘z qarorgohida yig‘in o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Ortda qolgan mavsumni ancha barqaror ravishda o‘tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi 24-29 dekabr kunlari Qibrayda mashg‘ulotlar olib boradi. So‘ngra futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Andrey Shipilov shogirdlari 10-24 yanvar kunlari ilk xorij yig‘ini tashkil etishni rejalashtirgan. Jamoa dastlabki xorij o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Ukrainada o‘tkazadi. Chetdagi ikkinchi yig‘in esa 1-14 fevral kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!