"Metallurg" ilk marta Olmaliqda g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bekobodning "Metallurg" klubi bu tur safarda AGMKga qarshi bahs olib bordi. Doimo hujumkor ruhda o‘tadigan Toshkent viloyati derbisi bugun ham tomoshabop va gollarga boy bo‘ldi.

OKMK stadionida kechgan bellashuvda "ma’danchilar" 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Qayd etish joiz, bu "Metallurg"ning Olmaliqda qayd etgan dastlabki g‘alabasi bo‘ldi.

Bunga qadar AGMK maydonida o‘tgan o‘zaro o‘yinlarning barchasida "konchilar" g‘alabaga erishgan edilar.

Bundan tashqari Andrey Shipilov shogirdlari mavsumning qolgan  qismini kuchli oltilikda yakunlaydigan bo‘lishdi.

AGMK va “Metallurg”ning Olmaliqda kechgan barcha uchrashuvlari:

29.03.2008 AGMK – “Metallurg” – 1:0

07.03.2009 AGMK – “Metallurg” – 2:1

25.09.2010 AGMK – “Metallurg” – 3:2

12.05.2011 AGMK – “Metallurg” – 4:1

20.05.2012 AGMK – “Metallurg” – 3:2

25.08.2013 AGMK – “Metallurg” – 2:1

16.03.2014 AGMK – “Metallurg” – 3:2

30.05.2015 AGMK – “Metallurg” – 2:1

09.04.2016 AGMK – “Metallurg” – 2:0

18.05.2017 AGMK – “Metallurg” – 1:0

17.08.2018 AGMK – “Metallurg” – 2:3.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!