
"Metallurg"ning uy o‘yinlariga tashrif buyuruvchi muxlislar soni 5 martaga ortdi
Bu har bitta o‘yinga o‘rtachi 6605 nafardan ishqiboz tushgani deganidir. Pepsi Superligasida tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha “Metallurg” ettinchi natijani qayd etgan bo‘lsada, bu klub tarixidagi eng yaxshi natijadir. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
2017 yilgi ko‘rsatkichlar bilan qiyosan o‘rganadigan bo‘lsak, tomoshabinlarning tashrifi 500 foizga oshdi. 2017 yili 15 ta uy uchrashuvini 19233 nafar muxlis stadiondan kuzatgandi. O‘rtachi har bitta o‘yinga 1282 nafar tomoshabindan to‘g‘ri kelgan. Bu yilgi tomoshabinlar tashrifi esa besh baravardan ziyodroqqa o‘sdi.
Quyida “Metallurg” jamoasining uy uchrashuvlariga tomoshabinlarini to‘plash taqvimini tahlil eting:
Fikrlar