Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ xabar tarqatmoqda.

Tecno

Konferentsiyani Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda 2013–2016 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan federatsiya rahbariyatining hisoboti tinglandi.

Aytish kerakki, to‘rt yillik olimpiya tsiklidagi federatsiya faoliyati tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Garchand sportning ushbu turida vakillarimiz turli xalqaro musobaqalar va turnirlarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, to‘rt yillikning eng muhim musobaqasi - 2016 yilgi Rio-De-Janeyro shahridagi XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga birorta ham litsenziyani qo‘lga kirita olmadilar.

Konferentsiyada shuningdek, velosiped sporti federatsiyasi rahbariyatining yangi tarkibi saylandi. Jumladan, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamalovna Narbaeva, uning o‘rinbosari etib Kozim O‘rinboyxo‘jaev bir ovozdan saylanishdi.

Tadbir davomida federatsiya raisi Tanzila Narbaeva so‘zga chiqib, 2013-2016 yillar davomida Federatsiya ijrochilari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar, istiqbolli rejalar xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Jumladan, sportning ushbu turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviyligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berdilar.

Shuningdek, zudlik bilan O‘zbekiston terma jamoa tarkibini qaytadan shakllantirish, buning uchun avvalo butun respublikamiz bo‘ylab selektsiya ishlarini kuchaytirish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga yosh iqtidorli va malakali murabbiylarni jalb qilish, joiz bo‘lsa chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida taklif etish, veloklublarni tashkil etish va albatta kunchiqar yurtda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish ustivor vazifalar deb belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!