Mini-futbol: Oliy Liga. Sunnat Kuralovning dubli "Metullurg"ga g‘alaba keltirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mini-futbol bo‘yicha Oliy Liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda. 

Ayni paytda birinchi kun taqvimidan o‘rin olgan uchinchi bahs ham o‘z yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda Bekobodning "Metallurg" klubi "Maksam-Chirchiq" jamoasiga qarshi parketga tushdi.

Ushbu bellashuv esa, yakunda Sunnat Kuralovning dubli evaziga 2-0 hisobida bekobodliklarning foydasiga hal bo‘ldi. 

Qayd etish joiz, ushbu bahs oldidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan "Turon-S" - "Ardus" uchrashuvi andijonliklarning uchrashuvga etib kela olmagani sabab, "Ardus" hisobiga texnik g‘alaba yozib qo‘yilgan edi. 

Oliy liga
3-tur, 1-kun
16.01.2017

"Metallurg" - "Maksam-Chirchiq" 2:0
Gollar: S.Kuralov 21, 33

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!